
BDA Ishchi qo’mitasining Tashkiliy va Kadrlar bo’limi va Pekin Energetika va Yashil rivojlanish tadqiqot markazi tomonidan tashkil etilgan “Xitoyning iqtisodiy o’sishini ekologik mas’uliyat bilan birlashtirish” degan ma’noni anglatuvchi “When Chinese Red Meets the Ecological Green” seminarida NBT Group mutaxassislari faxr bilan kompaniya haqida taqdimot o’tkazishdi.
Tadbir Pekin iqtisodiy-texnologik zonasida faoliyat yuritayotgan xitoylik kompaniyalarga O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi sarmoyaviy imkoniyatlarni o‘rganishda yordam berish, ishonchli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va milliy qonunchilikka rioya etishga alohida e’tibor qaratishdan iborat edi.
NBT Group ekologik va ijtimoiy qadriyatlarni Xitoy innovatsiyalari bilan qanday uyg’unlashtirish mumkinligini ta’kidlab, yashil investitsiyalar va transchegaraviy hamkorlik strategiyalaridagi joriy tendentsiyalar haqidagi tajribasi va qarashlari bilan o’rtoqlashdi.
Ilhomlantiruvchi va samarali tadbir uchun tashkilotchilarga va barcha ishtirokchilarga samimiy minnatdorchilik bildiramiz!