2025 yil avgust oyida Toshkentda mikromoliya tashkilotlari (MMTB) uchun Tabiatni muhofaza qilish va ijtimoiy boshqaruv tizimi (TMIBT)ni joriy etish bo‘yicha Osiyo taraqqiyot banki (OTB) loyihasi doirasida NBT Group mutaxassislari tomonidan ixtisoslashtirilgan trening o‘tkazildi.
Loyiha moliyaviy muassasalarda mijozlar va investitsiya oluvchilarning ekologik va ijtimoiy xatarlarini aniqlash, baholash va boshqarishda kompleks yondashuvni shakllantirishga qaratilgan.
Treningda “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ, “Xalq banki”, “BRB banki”, shuningdek MMTBlarda TMIBTni joriy etish uchun mas’ul mutaxassislar ishtirok etdi.
Sessiya dasturi quyidagilarni o‘z ichiga oldi:
• TMIBT standartlariga kirish va ularning barqaror rivojlanishdagi o‘rni;
• OTB va milliy qonunchilikning ekolohiya va ijtimoiy kafolatlar sohasidagi talablarini tahlil qilish;
• sub-kreditlarni tasdiqlash uchun loyihalarni skrining va kategoriyalarga ajratish jarayonlari;
• monitoring va hisobot tizimini tashkil etish;
• shikoyatlarni ko‘rib chiqish mexanizmi (ShKM)ning ishlash tartibi;
• ekologik va ijtimoiy masalalar bo‘yicha alohida mutaxassislar ajratilgan tashkiliy tuzilmani shakllantirish;
• xodimlar salohiyatini oshirish va o‘qitish dasturi.
NBT Group mutaxassislariga ko‘ra, EIBTning mavjud bo‘lishi moliyaviy tashkilotlarga quyidagi asosiy afzalliklarni beradi:
• ehtimoliy xatarlarni erta aniqlash;
• shtatni kengaytirmasdan boshqarish;
• mavjud biznes jarayonlariga to‘liq integratsiya;
• xalqaro standartlarga mos kelish va yetakchi ko‘p tomonlama taraqqiyot banklari bilan hamkorlikka tayyorlik.
Alohida blok amaliyotga bag‘ishlandi: ishtirokchilar sub-kreditlarni tekshirish bosqichlarini, jumladan, ijtimoiy-ekologik xatarlarni tahlil qilish, O‘zbekiston qonunchiligi va taqiqlangan faoliyat turlari ro‘yxatiga mosligini tekshirish, loyihalarni ta’sir darajasiga ko‘ra tasniflash, shuningdek, davlat ekologik ekspertizasi doirasida zarur hujjatlarni tayyorlash va topshirish jarayonlarini o‘rgandilar.
Bugungi kunda EIBTni joriy etish — bu rasmiy talab emas, balki biznes barqarorligini oshirishning strategik vositasidir. U moliyaviy tashkilotlarga obro‘-e’tibor va operatsion xatarlarni minimallashtirishga, shu bilan birga ijtimoiy ahamiyatga ega va ekologik jihatdan xavfsiz loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi.
Trening natijasiga ko’ra, ishtirokchilar tayyor uslubiy materiallar, standart hisobot shakllari va amaliyotda qo‘llanadigan algoritmlarni qo‘lga kiritadilar. Bu esa ularga EIBTni tashkilot faoliyatiga qo‘shimcha vaqt va resurs sarflamasdan joriy etish imkonini beradi.
NBT Group bu tajribani O‘zbekiston moliya bozorida barqaror moliyalashning xalqaro standartlarini ilgari surishda muhim qadam sifatida baholaydi.
NBT Group ADB Uzbekistan Resident Mission’ga trening o‘tkazish imkoniyatini taqdim etgani, shuningdek, ADB URM ofisida tadbirni tashkil etishda ko‘rsatgan mehmondo‘stligi va qo‘llab-quvvatlovi uchun chin ko‘ngildan minnatdorlik bildiradi.
Biz ADB URM bilan hamkorlikni qadrlaymiz va ishonamizki, qo‘shma tashabbuslar kasbiy kompetensiyalar rivojiga hamda sohamizda xalqaro standartlarni joriy etishga xizmat qiladi.