NBT mutaxassislari Tolimarjan IESda Bug’-gaz qurilmalarining (BGQ) ikkinchi navbatini (bosqichi) qurish paytida tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish masalalari bo’yicha mustaqil ekologik audit o’tkazishni boshladilar. Loyihani amalga oshirish O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 1 avgustdagi “”Tolimarjon issiqlik elektr stansiyasini umumiy quvvati kamida 900 MVt bo’lgan navbatdagi ikkita bug’-gaz qurilmasi qurilishi bilan kengaytirish” investitsiya loyihasini amalga oshirish bo’yicha ustuvor chora-tadbirlar to’g’risida” gi R-5346-sonli farmoyishiga muvofiq amalga oshiriladi.
Dala tashrifi davomida qurilish maydonchalari, lagerlar va beton zavodi atrof-muhitni boshqarish rejasi (AMBR) talablariga javob berish uchun tekshirildi. Aholi bilan uchrashuvlar davomida shikoyatlarni ko’rib chiqish mexanizmining (ShKM) samaradorligi va qurilish ishlarining aholiga ta’siri masalalari muhokama qilindi.