
NBT Group «Swiss International Cooperation Partners’ Day 2025» (Shveytsariya Xalqaro hamkorlik va sheriklik kuni) tadbirida rivojlanish dialogiga hissa qo’shdi.
Bosh direktorimiz Madina Xalmirzayeva 18-fevral kuni Toshkent shahrida bo’lib o’tgan “Swiss International Cooperation Partners’ Day 2025” tadbirda ishtirok etdi. #ShveytsariyaTaraqqiyotvaHamkorlikAgentligi (SDC) tomonidan tashkil etilgan ushbu muhim tadbir sheriklik, hamkorlik va bilim almashish uchun qimmatli platformani taqdim etdi.
Tadbir sheriklikni mustahkamlash va quyidagi mavzularni muhokamasini o’z ichiga oldi: jinsiy ekspluatatsiya, suiisteʼmollik, zo’ravonlik va ta’qibning oldini olish (PSEAH), hamkorlarni o’qitish, moliya va boshqaruv kabi mavzularni muhokama qilishga bag’ishlangan.
Tematik fokus-guruhlarda asosiy siyosiy yo’nalishlar ko’rib chiqildi: #SuvResurslari va #IqlimO‘zgarishi, #Boshqaruv va #InsonHuquqlari, shuningdek #InklyuzivBarqarorIqtisodiyRivojlanish.
Tadbir NBT Group uchun manfaatdor tomonlar bilan aloqa o’rnatish va O’zbekistonda samarali rivojlanish tashabbuslariga hissa qo’shish uchun ajoyib imkoniyat bo’ldi.