NBT jamoasi O’zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi Vazirligi bilan birgalikda Samarqand viloyatidagi Olga qishlog’i yaqinidagi 500 MVt va 400 MVt quvvatga ega bo’lajak quyosh elektr stansiyalari maydonchasidan o’rta Osiyo toshbaqasini monitoring qilish va ko’chirishni muvaffaqiyatli yakunladi.
Ushbu tashabbus ACWA POWER “SAZAGAN 1 – 2” loyihalari doirasida amalga oshirildi. Monitoring ishlari davomida barcha toshbaqalar kelajakdagi quyosh elektr stantsiyalari hududidan Ekologiya Vazirligi inspektorlari nazorati ostida belgilangan joyga ko’chirildi.