uz
qayta qo'ng'iroqqa buyurtma bering

2024 yil 4 iyulda NBT kompaniyasi mutaxassislari Jahon Banki tomonidan tashkil etilgan seminarda ishtirok etdilar, unda kompaniya rahbari Madina Xalmirzayeva moderatorlardan biri bo’ldi. Seminar kanalizatsiya tozalash inshootlaridan oqib chiqadigan oqava suvlar uchun standartlarni ishlab chiqish masalalariga bag’ishlandi. Ushbu mavzu hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasida sanitariya xizmatlari sohasida amalga oshirilayotgan ko’plab loyihalar bilan bog’liq holda alohida dolzarbdir.
Seminar ishida ko’plab manfaatdor tomonlar, jumladan, Ekologiya, Atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “O’zsuvta’minot” AJ va yirik va kichik kanalizatsiya tozalash inshootlarini qurish, modernizatsiya qilish, loyihalarini tayyorlash va amalga oshirishda ishtirok etgan xalqaro moliya institutlari vakillari faol ishtirok etdilar.
Bunday birgalikda olib borilayotgan, ishlar mamlakatning demografik va iqtisodiy o’sishida ekologik xavfsizlikni ta’minlashning dolzarb muammolarini hal etishga katta hissa qo’shmoqda.
Jahon bankining mamlakatimizdagi ofisiga va barcha ishtirokchilarga qimmatli g’oyalari va ekologik javobgarlikka sodiqliklari uchun alohida minnatdorchilik bildiramiz! Birgalikda biz yanada toza va yashil kelajak sari muhim qadamlar тqo’ymoqdamiz!

zf_krest_img

    Shaklni to'ldiring va siz bilan bog'lanasiz


    Roʻyxatdan tanlang

    Iqlimning o'zgarishi
    Atrof-muhitni muhofaza qilish, mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligi
    IT Texnologiyalar
    Ta'lim
    IIjtimoiy rivojlanish, ko'chirish va gender masalalari
    Suv va qishloq xo'jaligini boshqarish