NBT kompaniyalar guruhi mutaxassislari “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologiya sohasida salohiyatni oshirish va to‘plangan tajribani talabalarga o‘tkazishda faol ishtirok etmoqda.
21 yanvar kuni NBT Group Atrof-muhit va xavfsizlik bo’yicha katta mutaxassisi janob Biryukov “INTEGRAL” kompaniyasining “Ecolog+” zamonaviy dasturiy ta’minotidan foydalangan holda atrof-muhitga ta’sirni baholash, ekologik loyihalarni ishlab chiqish, bioxilma-xillikni muhofaza qilish, atmosfera chiqindilarini hisoblash” mavzusida talabalar uchun mehmon ma’ruza o’tkazdi.