Zamonaviy dunyoda raqamlashtirish barcha sohalarda — qishloq xo‘jaligidan tortib ekologiyagacha — muvaffaqiyatli rivojlanishning asosiy omiliga aylanmoqda.
NBT Group doirasida biz yangi yo‘nalishlarni faol rivojlantirmoqdamiz hamda barqaror rivojlanish va infratuzilma samaradorligini oshirishga qaratilgan loyihalarda ilg‘or IT va geoinformatsion texnologiyalarni (GAT) joriy etmoqdamiz.
NBT Group ekologik, ijtimoiy va qishloq xo‘jaligi hamda suv xo‘jaligiga oid loyihalarda GAT tizimlarini, yerning masofadan zondlash (YMZ) texnologiyalarini va intellektual IT yechimlarini keng qo‘llamoqda.
Ushbu yondashuv orqali biz mijozlarimiz va hamkorlarimizga ma’lumotlarga asoslangan holda to‘g‘ri qarorlar qabul qilishga yordam beramiz hamda loyihalarni amalga oshirishning barcha bosqichlarida — rejalashtirishdan natijalarni monitoring qilishgacha — shaffoflikni ta’minlaymiz.
Biz raqamlashtirishni zamonaviy trend sifatida emas, balki hayot sifatini yaxshilash, tabiiy resurslarni boshqarish va loyihalarni samarali yuritish uchun real vosita sifatida ko‘ramiz.
Kompaniyaning ustuvor yo‘nalishlaridan biri — eng yangi IT asboblari yordamida monitoring jarayonlarini optimallashtirishdir.
Masalan, xalqaro moliyaviy institut tomonidan moliyalashtirilgan loyihamizlardan birida NBT Group mutaxassislari 5 000 dan ortiq ijtimoiy-iqtisodiy so‘rovlarni o‘tkazishdi. Bunda ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish uchun raqamli yechimlardan foydalanildi.
Shuningdek, barcha hamkorlarimiz ishlarning borishini onlayn tarzda kuzatish imkoniga ega bo‘lishdi, bu esa qaror qabul qilish tezligini va olingan ma’lumotlarning ishonchliligini oshirdi.
Ushbu tajriba ko‘rsatdiki, texnologiyalarni integratsiya qilish aniqlikni, tezlikni va monitoring ishonchliligini sezilarli darajada oshiradi, inson omilini kamaytiradi hamda xarajatlarni qisqartiradi.
NBT Group raqamli yechimlar, ma’lumotlarni tahlil qilish, GAT va YMZ texnologiyalarini joriy etish sohasida muloqot va yangi hamkorliklarni rivojlantirishga tayyor.
Biz ishonamizki, birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan jamiyat, atrof-muhit va iqtisodiyot uchun haqiqiy foyda keltiradigan innovatsion yechimlar yaratish mumkin.
NBT Group — barqaror rivojlanish va yorqin kelajak yo‘lida raqamli texnologiyalar.