NBTning Atrof-muhitni va mehnat muhofazasi va xavfsizlik bo’limi boshligʻi Viktor Tsoy Koreya Fan va Texnologiya Jamiyatlari Federatsiyasi (#KOFST) tomonidan Koreyaning Seul shahrida oʻtkaziladigan yillik Yosh mutaxassislar forumida (#YPF) ishtirok etdi. Viktor O‘zbekiston vakillaridan biri sifatida AQSh, Buyuk Britaniya, Kanada, Janubiy Koreya va MDH davlatlari kabi 16 davlatdan kelgan boshqa yosh ishtirokchilar bilan o‘z tajriba va bilimlarini baham ko‘rish imkoniga ega bo‘ldi.
Dastur turli tadbirlarni o’z ichiga oldi, jumladan tarmoqdan oldingi sessiyalar, fan va texnologiyalar bo’yicha tematik munozaralar, Fame-Lab taqdimoti va ilmiy poster taqdimotlari. Ushbu tadbirlar nafaqat bilim almashish uchun platforma bo’libgina qolmay, balki global ekspertlar bilan aloqa o’rnatishga yordam berdi.