NBT jamoasi “Kelajakni shakllantirish: C5+O.N.E. Markaziy Osiyo – AQSh” nomli energiya va atrof-muhit bo‘yicha mintaqaviy konferensiyasida ishtirok etishdi. Tadbir Markaziy Osiyoning beshta davlatidan energetika va atrof-muhit sohalarida faoliyat yurituvchi turli davlat, nodavlat va xususiy tashkilotlar vakillarini jamladi.
NBT Group bosh direktori Madina Xalmirzayeva “Qayta tiklanadigan energiya infratuzilmasini rivojlantirish: texnik, ijtimoiy va ekologik mulohazalar” mavzusidagi qiziqarli suhbat uchun taqdimotchi sifatida taklif qilindi. Anjuman davomida Madina Xalmirzayeva qayta tiklanadigan energetika bo‘yicha loyihalarimiz haqida qimmatli fikrlari bilan o‘rtoqlashdi va ularni amalga oshirish jarayonida biz duch kelgan asosiy muammolarga to‘xtalib o‘tdi.
Taqdimotning asosiy yo’nalishi qayta tiklanadigan infratuzilma loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishning barcha bosqichlarida atrof-muhit va ijtimoiy ta’sirni hisobga olish va mahalliy hamjamiyat va manfaatdor tomonlarni jalb qilish muhimligi edi.
Biz konferensiya tashkilotchilariga shunday ajoyib tadbirni tashkil etishdagi mashaqqatli mehnatlari uchun minnatdorchilik bildiramiz (American Councils for International Education, C5+O.N.E. (Opening Networks through English)).