Jahon bankining (JB) Indoneziya fuqarolarini tinglash loyihasini amalga oshirish doirasida IT va GIS boʻlimi boshligʻi va boʻlim mutaxassislari REDI kompaniyasi uchun, jahon bankining “O‘zbekiston fuqarolarini tinglash” loyihasi doirasida ishlab chiqilgan “CATI-L2CU” telefon orqali suhbat tizimi boʻyicha koʻrgazma va seminar oʻtkazdilar.
Ma’lumot uchun, Indoneziya Malay arxipelagining orollarida va Yangi Gvineya orolining gʻarbiy qismida joylashgan. 2020 yilgi aholini ro’yxatga olishning rasmiy natijalariga ko’ra, aholi soni 270 million kishidan oshadi.
REDI vakillari ushbu tizimni qulay deb topdilar va hamkorlik shartnomasining bir qismi sifatida Indoneziyadagi hamkorlarga “CATI-L2CU” dan foydalanish bo’yicha bilimlarni moslashtirish va uzatishni boshlashga kelishib oldilar.
Shu munosabat bilan biz ishlab chiqilgan “CATI-L2CU” tizimi Janubi-Sharqiy Osiyo bozorida barqaror IT mahsuloti sifatida o’zini namoyon etishiga ishonamiz va umid qilamiz.