Jahon Bankining loyihasi doirasida NBT jamoasi “Atrof-muhitga taʼsirini xalqaro baholash” o’tkazdi va 5 ta hududda: Surxondaryo, Qashqadaryo, Namangan, Buxoro va Qoraqalpogʻiston Respublikasida boʻldi. Qoraqalpogʻiston reapublikasida Esimuzoq va Quanishjarma kanallari, Surxondaryo viloyatidagi Zang, Qashqadaryo viloyatidagi Paxtaobod, Buxorodagi Xayrobod, Shuhrad va Romatin kanallari, Namangandagi Shimoliy Fargʻona kanallari qatorida ushbu hududlardagi kanallarni qayta tiklash rejalashtirilgan.
NBT guruhi kanallarning mavjud ekologik hujjatlarini va kanal hududidagi atrof-muhitni ko’rib chiqdi. Viloyatlarda aholi, mahallalar, suv xo‘jaligi tashkilotlari bilan bir necha uchrashuvlar o‘tkazilib, kanallar holati haqida umumiy ma’lumot berildi.