
NBT Group kompaniyasi rahbari va xalqaro ekologik ekspert Madina Xalmirzayeva “Atrof-muhit himoyachisi” faxriy unvoni bilan taqdirlanganini faxr bilan e’lon qilamiz!
Taqdirlash marosimi Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni arafasida bo‘lib o‘tdi. Madina Xalmirzayeva atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish tamoyillarini targ‘ib etishga qo‘shgan katta hissasi uchun e’tirof etildi.
Ushbu munosib mukofot bilan chin dildan tabriklaymiz va ekologik mas’uliyat hamda professionallik borasida ilhomlantiruvchi namuna uchun minnatdorchilik bildiramiz!