NBT guruhining Suv resurslari va ko‘chirish bo‘yicha mutaxassisi Muhammad Umarov Groningen universitetida (Niderlandiya) “Yerni olish, ko‘chirib o’tkazish va ijtimoiy barqarorlik bo‘yicha qishki maktab” amaliy o‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlaganini mamnuniyat bilan e’lon qilamiz.
Ushbu Kurs ishtirokchilarga rivojlanish loyihalari, ayniqsa yer sotib olish va ko’chirish bilan bog’liq ijtimoiy xatarlarni va ta’sirlarni boshqarish ko’nikmalarini beradi. U eng yaxshi amaliyotlar va xalqaro standartlarga (masalan, XMK, YeTTB, Ekvator tamoyillari, BMTning yetakchi tamoyillari) alohida e’tibor qaratadi, shu bilan birga madaniyatlar va rivojlanish bosqichlaridagi farqlardan kelib chiqadigan muammolarni tan oladi. Yetakchi amaliyotchilar, mutaxassislar va akademiklar tomonidan o’qitiladigan kurs amaliy keyslar va amaliyotdan olingan saboqlarga qaratilgan.