NBT Group “World Future Energy Summit 2025” va Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida 2025-yil 14-16-yanvar kunlari bo’lib o’tayotgan “Abu-Dabi Barqaror Rivojlanish Haftaligi”da ishtirok etdi.
Sammitning eng yorqin lahzalaridan biri O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning energiya manbalarini diversifikatsiya qilish, barqaror rivojlanishni ta’minlash va atrof-muhitni muhofaza qilishning ustuvorligi haqida ta’kidlab o’tgan nutqi bo’ldi.
Shuningdek, NBT jamoasi sammitning birinchi kunida biznesni rivojlantirish va mintaqada strategik yo’nalishlar bo’yicha sheriklikni yo’lga qo’yish doirasida hamkorlar bilan uchrashuvlarda faol ishtirok etdi.