NBT jamoasi Biznesni rivojlantirish doirasida Tojikiston Respublikasiga tashrif buyurdi. Yovon tumani, suvdan foydalanuvchilar uyushmalari va GTIga amaliy tashrif uyushtirildi.
Shuningdek, Tojikiston Respublikasi Hukumati huzuridagi melioratsiya va irrigatsiya agentligi va Loyihani Amalga Oshirish Guruhi (LAOG) kabi hamkorlar va davlat idoralari bilan ishchi uchrashuvlar o‘tkazildi.
NBT jamoasi Xo‘jand shahrida ham bo‘lib, kompaniya hamkorlari bilan uchrashdi, uchrashuvda tashkilotlar o‘rtasidagi rivojlanish rejalari va loyihalar bo‘yicha o‘zaro hamkorlik muhokama qilindi, shuningdek, O‘zbekiston va Tojikistonga amaliy tashriflar rejalashtirildi.