uz
qayta qo'ng'iroqqa buyurtma bering

2024 yilning 24-26 yanvar kunlari “Nazar biznes va texnologiya” MChJ direktori Madina Xalmirzaeva Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari Milliy tadqiqot universitetining individual ta’lim dasturlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha Xalqaro ekspert komissiyasi ishida faol ishtirok etdi. Ushbu baholash muhandislik, kompyuter texnologiyalari, tabiiy fanlar va matematika sohasidagi ta’lim dasturlarini akkreditatsiya qilish agentligi (ASIIN eV.) bilan birgalikda amalga oshirildi. Eslatib o‘tamiz, ASIIN nemis va xorijiy universitetlarga akkreditatsiyadan o‘tishning dasturiy va institutsional tartib-qoidalarini amalga oshirishda ekspert yordamini ko‘rsatadi.
Xalqaro ekspertlardan iborat komissiya “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti bakalavriat va magistratura dasturlarini ASIIN tartib-qoidalari bo‘yicha baholadi. Tekshiruv davomida o‘quv dasturidagi bir qancha kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar berildi. Shu bilan birga, ekspertlar guruhi universitetning umumiy faoliyati yaxshi tashkillashtirilganidan mamnun bo’ldilar.

zf_krest_img

    Shaklni to'ldiring va siz bilan bog'lanasiz


    Roʻyxatdan tanlang

    Iqlimning o'zgarishi
    Atrof-muhitni muhofaza qilish, mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligi
    IT Texnologiyalar
    Ta'lim
    IIjtimoiy rivojlanish, ko'chirish va gender masalalari
    Suv va qishloq xo'jaligini boshqarish