Poytaxtimizda “O‘zbekistonda suv ifloslanishining oldini olish va qoldiqlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha idoralararo ishchi guruhining (IWG) birinchi yig‘ilishi” bo‘lib o‘tdi. IWG “O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishi sharoitida suv ta’minoti, kanalizatsiya va suv resurslarini favqulodda ifloslanishdan himoya qilish sohasidagi faoliyatni kuchaytirish” loyihasi doirasida tashkil etilgan. Loyiha UNECE tomonidan amalga oshiriladi va Shveytsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi (SDC) tomonidan moliyalashtiriladi.
NBT direktori Madina Xalmirzayeva yig‘ilishda UNECE maslahatchisi sifatida ishtirok etdi va “O‘zbekistonda sanoat xavfsizligi / chiqindilar va suv resurslari xavfsizligi sohasida milliy va mintaqaviy boshqaruvni mustahkamlash” mavzusidagi sessiyada moderatorlik qildi, shuningdek, “O‘zbekistonning ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar to‘g‘risidagi konventsiyaga qo‘shilishi bo‘yicha yo‘l xaritasi va Sirdaryo basseyn havzasidagi favqulodda vaziyatlarda harakatlar rejasi qo’shma loyihasini ishlab chiqish.: asosiy elementlar, milliy davlat organlari tomonidan qo‘llab-quvvatlash va keyingi qadamlar” va “Milliy davlat organlarining chiqishlari va savollari; loyiha doirasidagi tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha keyingi qadamlarni muvofiqlashtirish” kabi mavzularda taqdimotlar qildi.