Nazar Business and Technology kompaniyasi O‘zbekistonning Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo infratuzilmasi va investisiya bankining (AIIB) yillik 9-yig‘ilishida faol ishtirok etmoqda. Bu yilgi yig’ilish mavzusi: “Hamma uchun barqaror infratuzilmani yaratish”.
Tadbirda AIIB Boshqaruv kengashi, faxriy mehmonlar va hukumat vakillari ishtirok etdi. O‘zbekiston Prezidenti munozaralarga ruh bag‘ishlab kirish so‘zini aytdi. Panel sessiyalari barqaror infratuzilmani moliyalashtirish bo‘yicha tajriba almashish uchun ekspertlarni birlashtirdi va loyihalarni moliyalashda iqlim, ijtimoiy va sog‘liqni saqlash masalalarini hisobga olish muhimligini ta’kidladi.
Bundan tashqari, NBT direktori Madina Xalmirzayeva “AIIB bilan biznes yuritish bo‘yicha ishchi seminar: biznes imkoniyatlari” mavzusida ma’ruzachi sifatida taklif qilinganini, u yerda u NBTning AIIB loyihalari ustida ishlash tajribasi bilan o‘rtoqlashganini va samaradorlikni oshirish uchun xaridlar jarayonini optimallashtirish bo‘yicha tavsiyalar berganini mamnuniyat bilan e’lon qilamiz.