NBT jamoasi Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlaridagi “Indorama Agro” MCHJ (IAL) ob’ektlarida bir qator uchrashuvlar o’tkazdi. Xalqaro Moliya korporatsiyasi (IFC) va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) tomonidan moliyalashtirilgan “Mehnat va mehnat sharoitlarini baholash” doirasida jamoamiz zavodlardagi mehnat sharoitlarini baholadi, mehnat hujjatlarini o’rganib chiqdi va IAL fermer xo’jaliklari dalalariga tashrif buyurdi. Shuningdek, NBT mahalliy mehnat qonunchiligi va PS2/YTTB PR2 IFC xalqaro talablariga muvofiqligini tekshirdi.
Baholash asosida NBT jamoasi IAL rahbariyatiga ish sharoitlarini yaxshilash va tegishli qonun va qoidalarga rioya etilishini ta’minlash bo’yicha tavsiyalar bilan hisobot tayyorlaydi. Umid qilamizki, ushbu ko’rsatmalar barcha IAL xodimlari uchun xavfsizllikni oshirishga va teng ish muhitini yaratishga yordam beradi.