NBTdan hayajonli yangilik!
24-25 oktyabr kunlari bizning jamoamiz Qirg’iziston Respublikasining Bishkek shahrida joylashgan “Ayil Bank” xodimlari uchun keng qamrovli trening o’tkazdi. 🎉
Ikki kunlik seminarda 19 kishi ishtirok etdi va uning maqsadi Osiyo Taraqqiyot Bankining Ekologik siyosat toʻgʻrisidagi bayonotiga (SPS) muvofiq ekologik va ijtimoiy boshqaruv tizimini (ESMS) joriy etish boʻyicha amaliy koʻnikmalar berishdan iborat edi.
Ishtirokchilarning treningda olgan amaliy bilim va ko’nikmalarga yuqori baho bergani bizni juda xursand qilmoqda. 🙌
Ushbu tashabbus muvaffaqiyatiga hissa qo’shgan barchaga chuqur minnatdorchilik bildiramiz. Birgalikda biz yanada barqaror bank faoliyati yo’lida qadamlar tashlaymiz!